Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI KITOBXONLAR INTERPRETATSIYASINI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI

Digital ijtimoiy o‘qish, kitobxon talqini, sentiment-analiz, narrativ tahlil, interpretativ jamoalar, onlayn platformalar.

Mualliflar

  • Madina URAZALIYEVA, O‘RQ “Tinchlik yo‘lida hamkorlik“ markazi katta o‘qituvchisi, PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada onlayn platformalarda kitobxonlar tomonidan yaratilayotgan sharhlar, fikrlar, izohlar va o‘zaro muhokamalarni tahlil qilish tamoyillari yoritiladi. Tadqiqot digital ijtimoiy o‘qish (DSR), Retseptiv poetikanazariyasi, foydalanuvchi yaratgan kontentni kompyuter lingvistikasi asosida qayta ishlash va onlayn izohlarning semantik, affektiv hamda narrativ xususiyatlarini aniqlashga asoslanadi. Maqolada Goodreads, Wattpad, onlayn yangilik platformalari kabi maydonlarda shakllanadigan o‘quvchi tajribalarining strukturalashuvi, interpretativ jamoalarning shakllanishi, izohlarning emotsional dinamikasi va ularni tahlil qilishning kompyuterlashtirilgan usullari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida kitobxon talqinlarini o‘rganishda kontent-analiz, diskurs tahlili, sentiment-analiz, narrativ tarmoq modellari va chuqur o‘rganishga asoslangan klassifikatsiya metodlarining samaradorligi asoslab beriladi.