Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SOTSIOLINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA MOʻLJALLANGAN MUSTAQIL TAʼLIM TOPSHIRIQLARI TAHLILI

Sotsiolingvistik kompetensiya, mustaqil taʼlim, loyiha ishlari, keys-stadi, rol oʻyinlari, interfaol texnologiyalar, madaniyatlararo muloqot.

Mualliflar

Mazkur maqolada mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat
qiluvchi topshiriqlar mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Mustaqil taʼlim topshiriqlari talabaning auditoriyadagi hamda
auditoriyadan tashqari faoliyatini uygʻunlashtirib, interfaol usullar, elektron vositalar va loyihaviy ishlarga asoslanadi. Tadqiqotda
loyiha ishlari, rolli oʻyinlar (“Onlayn soʻrov”, “Radio muloqot”, “Ijtimoiy soʻrovnoma”) hamda keys-stadi topshiriqlaridan
foydalanish samaradorligi koʻrsatib beriladi. Shuningdek, mualliflik “Bekatlar almashinuv” texnologiyasi orqali talabalar mustaqil
ishlash jarayonida tanqidiy va ijodiy fikrlash, hamkorlik va samarali muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib
berilgan.