Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XUNN IMPERIYASINING TASHQI SIYOSATI VA XALQARO MUNOSABATLARDAGI O‘RNI

Xunn imperiyasi, tashqi siyosat, xan davlati, harbiy yurishlar, diplomatik munosabatlar, siyosiy nikohlar, o‘lpon tizimi, sovg‘a-salom almashinuvi, G‘arbiy yurishlar, xunnlar va Attila, shanyuy, yabg’u.

Mualliflar

Maqolada miloddan avvalgi III asrda shakllangan Xunn imperiyasining tashqi siyosiy faoliyati tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda xunnlarning Xan imperiyasi bilan olib borgan harbiy va diplomatik munosabatlari, o‘zaro sulh shartnomalari hamda siyosiy kelishuvlarning mazmuni yoritilgan. Shuningdek, xunnlarning Markaziy Osiyo, hududidagi ko‘chmanchi qabilalar bilan siyosiy ittifoqlari, diplomatik aloqalari va madaniy ta’siri tahlil qilingan. Maqola xunn imperiyasining tashqi siyosati nafaqat harbiy yurishlar, balki siyosiy nikohlar, sovg‘a-salom almashinuvi hamda o‘lpon tizimi orqali amalga oshirilgan murakkab siyosiy tizim sifatida baholaydi.