Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GI DE MOPASSANNING “AZIZIM” ASARIDA MANIPULYATIV NUTQNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Manipulyatsiya, manipulyativ nutq, muomala madaniyati, nutqiy strategiya, ta’sir o’tkazish, manipulyator, nutqiy ta’sir, muloqot.

Mualliflar

  • Muxayyo MAMAJONOVA O‘zbekiston dаvlаt jаhon tillаri universiteti o‘qituvchisi, PhD, mustaqil izlanuvchi, Uzbekistan

Mazkur maqolada Gi de Mopassanning “Azizim” asarida qo‘llanilgan manipulyativ nutq vositalari lingvomadaniy nuqtayi
nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida qahramonlar nutqida uchraydigan yashirin ta’sir strategiyalari, nutqiy aktlar,
baholovchi birliklar hamda kontekstual ma’no yaratish mexanizmlari aniqlanadi. Asardagi manipulyativ nutq ijtimoiy
munosabatlar, psixologik bosim va muomala madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Olingan natijalar badiiy matnda
manipulyatsiyaning pragmatik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.