Ijtimoiy-gumanitar fanlar

EKOLOGIK TERMINLARNING IQTISODIY DISKURSDAGI RETERMINOLOGIK RIVOJI (“YASHIL IQTISODIYOT” VA “IQTISODIY RESURSLAR” MISOLIDA)

reterminologizatsiya, ekologik terminologiya, yashil iqtisodiyot, iqtisodiy resurslar, diskurs tahlili, kognitiv yondashuv, terminologik evolyutsiya, fanlararo integratsiya, semantik kengayish, metaforik transfer.

Mualliflar

Mazkur maqolada ekologiya terminologiyasida reterminologizatsiya jarayoni lingvistik va kognitiv jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqotda “yashil iqtisodiyot” va “iqtisodiy resurslar” terminlari misolida ekologik tushunchalarning iqtisodiy va siyosiy
diskurslarga kirib borishi hamda yangi ma’noviy va funksional yuklama kasb etishi yoritiladi. Reterminologizatsiya terminlarning
yangi diskurs sharoitida semantik kengayishi, abstraktlashuvi va normativ-amaliy qo‘llanish doirasining kengayishi orqali amalga
oshishi ko‘rsatiladi. Maqolada diskurs tahlili, qiyosiy-semantik va kognitiv yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Natijalar
o‘zbek terminologik tizimining fanlararo integratsiyaga moslashuvchanligini tasdiqlaydi. Tadqiqot xulosalari ekologik va iqtisodiy
terminlarni tizimli shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.