Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BLENDED LEARNING TEXNOLOGIYASI ASOSIDA INGLIZ TILI YO’NALISHI TALABALARINING ADABIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Adabiy kompetensiya, aralash ta’lim, reflektiv amaliyot, tanqidiy fikrlash, interaktiv faoliyatlar, pedagogik strategiyalar.

Mualliflar

Mazkur maqolada blended learning (aralash ta’lim) texnologiyasi asosida ingliz tili yo‘nalishi talabalari adabiy kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Adabiy kompetensiya talabalarning badiiy matnni tushunish, tahlil qilish, talqin etish, madaniy-kontekstual jihatdan baholash hamda o‘quvchi javobini shakllantirish qobiliyatlarini o‘z ichiga olgan murakkab pedagogik kategoriya sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy auditoriya mashg‘ulotlarini raqamli ta’lim platformalari, multimediya vositalari va interaktiv onlayn topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish orqali adabiyot ta’limi samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, kuzatuv, tajriba-sinov ishlari hamda pedagogik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalar blended learning texnologiyasi talabalar faolligi, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi hamda badiiy matnni chuqur va tanqidiy idrok etish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Xulosa qilib aytganda, puxta ishlab chiqilgan blended learning modeli adabiy kompetensiyani shakllantirishda samarali bo‘lib, talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida ingliz adabiyotini o‘qitish jarayonini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.