Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ ADABIYOTSHUNOSLIGIDA “BOY” OBRAZINING MAX WEBER, ROLAND BARTHES VA ERICH FROMM NAZARIYALARI ASOSIDAGI RAMZIY TALQINI

Boy obrazi, kapitalistik axloq, semioz, ega bo’lish, Weber, Barthes, Fromm, ingliz adabiyoti, ramziy kodlar, psixologik tahlil.

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz adabiyotshunosligida “boy” obrazining shakllanishi va mazmunini Max Weberning kapitalistik axloq,
Roland Barthesning matn kodlariga asoslangan semioz modeli hamda Erich Frommning “ega bo‘lish – bo‘lish” psixologik
konsepsiyasi asosida tahlil etadi. Jon Golsuorsi (“Forsaytlar haqida saga”), Charlz Dickens (“Buyuk umidlar”, “Rojdestvo qissasi”)
va Jek London (“Martin Iden”) asarlaridagi boylik tasvirining axloqiy, ramziy va ruhiy qatlamlari o‘rganildi. Ingliz
adabiyotshunosligidagi “boy” obrazlari nafaqat iqtisodiy kuch yoki ijtimoiy ustunlik timsoli, balki badiiy matndagi semantik
belgilar tizimini shakllantiruvchi ramziy konstruksiya hamda qahramonning ichki psixologik holatini aks ettiruvchi murakkab
badiiy model ekanligi asoslandi.