Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “ISH”, “MEHNAT” VA “VAQT” KONSEPTLARINI IFODALOVCHI PAREMYALARNING LINGVOMADANIY VA LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Paremya, ish, vaqt, mehnat, konsept, semantika, milliy dunyoqarash, madaniyat, ijtimoiy qadriyat.

Mualliflar

Ushbu maqolada ish, mehnat va vaqt konseptlarini ifodalovchi paremyalarning o‘zaro lingvistik bog‘liqligi chog‘ishtirma
lingvomadaniy tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi paremyalar asosida amalga oshirilgan tadqiqotda, ushbu leksik-madaniy
birliklarning semantik va pragmatik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada paremyalarning milliy dunyoqarash va lingvokultural
kontekstda ish va vaqt tushunchalarini qanday aks ettirishi hamda ularning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari ish va vaqtga bo‘lgan yondoshuvning madaniyatga bog‘liq o‘ziga xosligini ochib beradi.