TA’LIM MAQSADLARINI LOYIHALASHTIRISHDA ZAMONAVIY VA USTUVOR MEZONLARLARNING AHAMIYATI
##submission.downloads##
Mazkur maqolada ta’lim maqsadlarini loyihalashtirishning zamonaviy yondashuvlari, ularning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni samarali shakllantirish ta’lim maqsadlarining aniq belgilanishi, mantiqiy izchilligi, o‘lchovliligi va ilmiy asoslanganligiga bevosita bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida ta’lim maqsadlarini loyihalashtirish zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘un holda kutilayotgan natijalarga erishishni ta’minlovchi samarali “yo‘l xaritasi” sifatida talqin etiladi. Maqolada kompetensiyaviy yondashuv, Bloom taksonomiyasi, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim (outcome-based education) va integrativ yondashuv kabi ustuvor metodologik asoslar tahlil qilinadi. Ingliz tilini o‘qitish misolida ta’lim maqsadlarini to‘g‘ri va puxta loyihalashtirish o‘quvchilarning til ko‘nikmalari (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) hamda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil ekanligi ochib beriladi. Izlanish natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim maqsadlarini zamonaviy talablar, mehnat bozori ehtiyojlari va xalqaro ta’lim standartlari asosida loyihalashtirish pedagogik jarayonning sifatini oshiradi, o‘qitish samaradorligini kuchaytiradi hamda ta’lim natijalarining barqarorligini ta’minlaydi. Maqola natijalari ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar va metodistlar uchun amaliy tavsiyalar berish bilan ahamiyatlidir.
1. Елена Сергеевна Александрова Педагогическое проектирование как средство ценностного согласования во взаимодействии субъектов образовательного процесса
2. Сегма Зандараевна Ким Педагогическое проектирование предметных образовательных программ в современной школе (Kandidat pedagogik fanlari dissertatsiyasi) (Chita, 2002).
3. Bloom’s taxonomy – ta’lim maqsadlarini kognitiv darajalarga ajratish modeli.
4. M. David Merrill “First Principles of instructional design” 2001. (o‘quv maqsadlarini tamoyillariga asoslash nazariyasi).
5. Gerlach Ely, Knirk Gustafson “Instructional design models of teaching” 2008 “Ta’lim maqsadlari va dizayn bosqichlari strukturalari”. Wikipedia.
6. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.
7. Makhamova, N. (2017). Developing Literary Competence in EFL Learners: Pedagogical Perspectives. Tashkent: Teacher Education Press.
8. Bloom B.S. (Ed.). Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. Handbook I: Cognitive Domain. - New York: Longman, 1956. 9. Yangilangan Bloom taksonomiyasi 2000. Wikipediya.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






