Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA SIYOSIY MAFKURALARNING KELAJAKDAGI SHAKLLANISH IMKONIYATLARI

Raqamli transformatsiya, siyosiy mafkura, raqamli sivilizasiya, mafkuraviy legitimatsiya, siyosiy ong, raqamli ishtirok, algoritmik boshqaruv, fragmentar mafkura, siyosiy diskurs, demokratik jarayonlar.

Mualliflar

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida siyosiy mafkuralarning shakllanish jarayoni, ularning mazmuniy va
strukturaviy o‘zgarishlari hamda kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli
texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va algoritmik boshqaruv tizimlarining siyosiy mafkuralar legitimatsiyasi, tarqalishi va ijtimoiy
ongga ta’siri masalalari yoritiladi. An’anaviy mafkuraviy modellar bilan raqamli davr mafkuralari qiyosiy tahlil qilinib,
fragmentarlashuv, emotsional diskurs va tarmoq asosidagi identitetlarning kuchayishi asosiy tendensiyalar sifatida ko‘rsatib
beriladi.