Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA HIS-TUYG‘U KONSEPTLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI

his-tuyg‘u konseptlari, lingvokulturologik talqin, milliy mentalitet, madaniy kod, semantik maydon, qiyosiy tahli, obrazli tafakkur, kommunikativ me’yorlar, ingliz tili, rus tili, o‘zbek tili.

Mualliflar

Ushbu maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi asosiy his-tuyg‘u konseptlarining lingvokulturologik talqini kompleks qiyosiy tahli asosida o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy magsadi – “quvonch/joy/радость”, “g‘azab/anger/гнев”, “muhabbat/love/любовь”, “qayg‘u/sadness/печаль”, “qo‘rquv/fear/страх” kabi universal hissiy tushunchalarning turli til-madaniy makonlarda qanday semantik, obrazli va qiymatli tuzilishga ega bo‘lishini, ularning milliy mentalitet, ijtimoiy me’yorlar va kommunikativ odob-axloq tizimidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.