Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“AQL MARKAZLAR” TUSHUNCHASI: TALQINLAR VA YONDASHUVLAR

“Aql markazlari”, ekspert-tahliliy institutlar, “think tanks”, siyosiy qarorlar, strategik tavsiyalar, gibrid model, tashkiliy mustaqillik, kontekstual tahlil, siyosiy tizim, siyosiy maslahat, fuqarolik jamiyati.

Mualliflar

  • Abrar TURAYEV Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida “aql markazlari”ning ortib borayotgan ahamiyati
tahlil qilinadi. Muallif “aql markazlari”ga oid ilmiy yondashuvlarni besh asosiy guruhga ajratgan holda ularning mohiyati,
funksiyasi, tashkiliy modeli va siyosiy tizimdagi o‘rnini har tomonlama yoritadi. Xususan, klassik G‘arb modeli bilan “gibrid”
yondashuvlar o‘rtasidagi tafovutlar, siyosiy-funksional va ilmiy-intellektual yondashuvlar, hamda kontekstual farqlar keng
muhokama qilinadi. Maqolada ekspertlar tomonidan keltirilgan ta’riflar asosida “aql markazlari”ning zamonaviy talqini ishlab
chiqiladi.