Ijtimoiy-gumanitar fanlar

CLIL YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARNING BILINGVISTIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK JIHATLARI

CLIL texnologiyasi, bilingvistik kompetentlik, integratsiya, til va mazmun, oliy ta’lim, metodika.

Mualliflar

  • Asliddin AMIRKULOV Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

Innovatsion ta’limda CLIL texnologiyasining an’anaviy ta’limga nisbatan sezilarli talab ortayotgan bir davrda aynan
talabalarning bilingvistik kompetentligini rivojlantirish jarayonida CLIL (Content and Language Integrated Learning)
texnologiyasining nazariy asoslari, metodik tamoyillari va amaliy imkoniyatlari chuqur ilmiy tahlil qilinmoqda. CLILning
mazmun va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitishga asoslangan yondashuvi talabalarda chet tilini o‘zlashtirish bilan bir qatorda
fan mazmunini chuqurroq anglash, kasbiy kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va mustaqil fikrlash faoliyatini
rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Tadqiqot davomida CLIL asosida tashkil etilgan darslar talabalarning leksik
boyligini kengaytirishi, kasbiy terminlarni to‘g‘ri va faol qo‘llashi, og‘zaki hamda yozma nutqni rivojlantirishi bilan birga
kontekstual fikrlash, tahlil qilish, solishtirish va baholash kabi yuqori darajadagi kognitiv operatsiyalarini faollashtirgani
kuzatildi.