Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BADIIY TARJIMADA SHARQ AYOLI OBRAZI: FRANSUZ VA O‘ZBEK TARJIMALARIDA MADANIY TRANSFORMATSIYA

Badiiy tarjima, Sharq ayoli, madaniy transformatsiya, fransuz tarjimasi, o‘zbek tarjimasi, tarjimon, madaniyatlararo muloqot

Mualliflar

  • Gulsаnаm RАXIMOVА, O‘zbekiston dаvlаt jаhon tillаri universiteti dotsenti, PhD, DSc mustaqil izlanuvchi, Uzbekistan

Maqolada Sharq ayoli obrazining badiiy asarlar orqali ifodalanishi va bu obrazning fransuz va o‘zbek tarjimalarida qanday madaniy transformatsiyaga uchrashi tahlil qilinadi. Tarjima nazariyalari kontekstida tarjimonning madaniy vositachi sifatidagi roli ko‘rib chiqiladi. Misol tariqasida Gustav Floberning Salammbô, Alisher Navoiy va zamonaviy o‘zbek adabiyotidan namunalar hamda ularning tarjimalari tahlil qilinadi. Maqola madaniyatlararo muloqot va ta’lim yo‘nalishida tarjima jarayonining nazariy va amaliy jihatlarini yoritadi.