Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KONSEPTUAL METAFORA NAZARIYASI: KOGNITIV VA DISKURSIV YONDASHUV

konseptual metafora, diskurs, kognitiv yondashuv, zamonaviy tilshunoslik, diskursiv yondashuv, maqsad domeni, manba domeni, xaritalash

Mualliflar

  • Asila ABDURAXMONOVA TDSHU Tilshunoslik, tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada konseptual metafora nazariyasi tahlil qilinish bilan birga konseptual metaforalar kognitiv va diskursiv
yondashuvlar orqali o‘rganiladi. Tadqiqotda metaforaning faqat badiiy vosita sifatida emas, balki inson tafakkurini tashkil
etuvchi muhim kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Kognitiv tilshunoslik doirasida konseptual
metafora inson ongida abstrakt tushunchalarni konkret tajriba orqali anglash va strukturalash jarayoni sifatida talqin qilinadi.
Maqolada konseptual metaforaning konsept, freym, prototip va tajribaviy bilim bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi hamda uning
diskursiv muhitda qanday funksional ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, metaforaning ma’no hosil qilish, baholash,
ta’sir o‘tkazish va ideologik pozitsiyani shakllantirishdagi roli misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari konseptual
metaforaning til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiruvchi murakkab kognitiv hodisa ekanini ko‘rsatadi