Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY DAVLAT MODELINING SHAKLLANISHI, ZAMONAVIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI

Ijtimoiy davlat, ijtimoiy siyosat, inklyuziv rivojlanish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy adolat, Yangi Oʻzbekiston.

Mualliflar

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida ijtimoiy davlat modelining shakllanish bosqichlari, uning huquqiy-institutsional asoslari, zamonaviy transformatsiya jarayonlari hamda istiqboldagi rivojlanish yoʻnalishlari ijtimoiy-falsafiy va siyosiy-institutsional yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy taraqqiyot modeli doirasida ijtimoiy adolat, inklyuzivlik, davlatning ijtimoiy funksiyalari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi o‘zaro ta’sir masalalari ochib beriladi.