Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY TARMOQLARGA QARAMLIK PSIXOSOSIAL FENOMEN SIFATIDA

Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, ijtimoiy tarmoqlardan muammoli foydalanish, kompulsiv foydalanish, xulq-atvoriy addiksiya, internetga qaramlik, addiktiv mexanizmlar, psixososial omillar, motivatsion ehtiyojlar, gender tafovutlari.

Mualliflar

  • Suhrabxon AHROROV, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti dotsenti v.b., PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik fenomenining shakllanish jarayoni hamda nazariy asoslari psixososial yondashuv doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqot mavjud ilmiy manbalarni nazariy-qiyosiy tahlil qilish va tizimli sharhlashga tayangan holda, ITQni xulq-atvoriy addiksiyaning nisbatan mustaqil turi sifatida asoslaydi va uning taraqqiyot dinamikasini to‘rtta tarixiy bosqich kesimida yoritadi. Olingan natijalar M.Griffiths tomonidan taklif etilgan olti komponentli model ITQning psixososial mexanizmlarini izohlashda konseptual jihatdan muhim nazariy asos ekanligini ko‘rsatdi.