Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING AMALIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Kredit-modul tizimi, amaliy kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, Blum taksonomiyasi, pedagogik model, kompetensiyaviy yondashuv, o‘quv natijalari, refleksiv baholash, motivatsion kompetensiya, pedagogik modellashtirish.

Mualliflar

Mazkur maqolada kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirishda Blum
taksonomiyasidan foydalanish samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda amaliy kompetentlik o‘qituvchining
kasbiy tayyorgarligini belgilovchi integrativ ko‘rsatkich sifatida asoslanib, uning tarkibiy komponentlari, rivojlanish
mexanizmlari va pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Kredit-modul tizimi va Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS) talablariga
muvofiq holda o‘quv natijalarini belgilashda Blum taksonomiyasining kognitiv bosqichlarini integratsiyalash zarurligi asoslab
berilgan.