Tabiiy fanlar

BAHORGI BUG‘DOY KASALLIKLARIDAN HIMOYA QILISH SAMARADORLIGI PATOGENNING RIVOJLANISH DARAJASIGA BOG‘LIQLIGI

fungitsidlar, urug‘ dorilagichlar (protravitel), bahorgi bug‘doy, barg-poya kasalliklari, hosildorlik, kasallik rivojlanish darajasi, biologik samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik.

Mualliflar

Ekinlarni fungitsidlar bilan ishlov berish – agrotsenozda fitosanitariya holatining salbiy tomonga o‘zgarishiga tezkor javob berish usulidir. Ularni qo‘llash ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Ekinlarni kasalliklardan himoya qilish uchun fungitsid tanlashda kasalliklarning paydo bo‘lish vaqti hamda ularning tur tarkibi bo‘yicha monitoring kuzatuvlari natijalariga tayanish zarur. Shuningdek, rejalashtirilayotgan hosildorlik va vegetatsiya davridagi ob-havo sharoitlarini ham hisobga olish lozim. Patogenlarda rezistentlik (chidamlilik) paydo bo‘lishining oldini olish uchun fungitsidlarning ta’sir etuvchi moddalari muntazam ravishda navbatlab qo‘llanishi, bir mavsumda bir xil analoglardan foydalanishdan saqlanish kerak