Tabiiy fanlar

SAMARQAND VILOYATI QURUQLIK QORINOYOQLI O‘PKALI MOLLYUSKALARI (MOLLUSCA: GASTROPODA, PULMONATA)NING SISTEMATIK TARKIBI, TAKSANOMIYASI, TUPROQ TIPLARIDA TARQALISHI VA EKOLOGIYASIGA DOIR ILK MA’LUMOTLAR

Qorinoyoqli o‘pkali quruqlik mollyuskalari, fauna, taksanomiya, ekologik komplekslar, adventiv turlar, landshaft, tuproq tiplari, Samarqand viloyati.

Mualliflar

Samarqand viloyati agro va tabiiy landshaftlari tuproq tiplarida quruqlik qorinoyoqli o‘pkali mollyuskalarininig faunistik tarkibi,
taksonomiyasi, tarqalishi, turlarning ekologik komplekslari ilk bor o‘rganilib, viloyat hududida ushbu mollyuskalarning 43 turining
yashashi aniqlangan, ular 24 urug‘ va 18 oilaga mansub. Mollyuskalar viloyat hududining tekislik agrosenozlarida: bo‘z, gidromorf
tuproqlarida, tog‘ va tog‘ oldi qo‘ng‘ir tuproqlarda tarqalgan. Hududda mollyuskalarning mezofil, kseromezofil, kalsefil, geofil,
amfibiont va evribiont ekologik kompleks turlari tarqalgan, adventiv turlarning 5 turi qayd etilgan.