Tabiiy fanlar

YUMSHOQ BUGʻDOYDA DON TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALAR BO‘YICHA FARQLANISHLAR.

aminokislotalar, don sifati, biologik qiymat, prolin, glutamin kislotasi, germplazma, kleykovina.

Mualliflar

Maqolada yumshoq bug‘doyning kelib chiqishi turlicha bo‘lgan nav-namunalarida don tarkibidagi aminokislotalar tarkibi
o‘rganilib, ularning oziq-ovqat va biologik qiymati baholandi. Tadqiqotda Markaziy Osiyo va Qirgʻiziston yumshoq bugʻdoy
germplazmasidan olingan 10 ta nav namunalarining don tarkibi tahlil qilinib, 20 turdagi aminokislotalarning miqdori mg/gr
hisobida aniqlandi. Natijalar o‘rganilayotgan yumshoq bug‘doy navlari o‘rtasida aminokislotalar tarkibi bo‘yicha sezilarli genetik
farqlar mavjudligi kuzatildi. Shular ichidan 2 ta nav muhim aminokislotalarning yuqori konsentratsiyasiga ega bo‘lganligi bilan
ajralib turgan bo‘lsa, 1 ta nav tarkibida prolin miqdorining yuqori bo‘lishi bilan stress sharoitlariga chidamliligini ko‘rsatadi.
Olingan natijalar bug‘doy navlarini tanlashda ularning aminokislotalar tarkibini hisobga olish muhimligini tasdiqlaydi.