Tabiiy fanlar

EMBRION RIVOJLANISHI: GURUHLI KULTIVATSIYANING INDIVIDUAL TIME-LAPSE TIZIMIGA NISBATAN USTUNLIGI

guruhli embrion kultivatsiyasi, individual embrion kultivatsiyasi, time-lapse texnologiyasi, blastosista sifati, yordamchi reproduktiv texnologiyalar

Mualliflar

In vitro sharoitida embrion rivojlanishining samaradorligi avvalo mikro-muhitning barqarorligi, muhit hajmi, metabolik yuklanish darajasi va embrionlar o‘rtasidagi parakrin signallarning mavjudligi bilan belgilanadi. Guruhli kultivatsiya embrionlar o‘rtasida biologik aloqalarning saqlanishiga imkon berib, metabolik stressni kamaytiradi va rivojlanish kompetentligini oshiradi[1,8]. Individual time-lapse kultivatsiyasi doimiy kuzatuv imkoniyatini bersa-da, kichik hajmdagi muhit va parakrin ta’sir yo‘qligi uning biologik samaradorligini cheklashi mumkin[3,10]. 436 ta IVF sikli tahlili shuni ko‘rsatdiki, 5-kunda yaxshi sifatli blastosista ulushi guruhli kultivatsiyada 40,8% bo‘lib, individual time-lapse sharoitidagidan (35,4%) yuqoridir[1,2]; urug‘lanish ko‘rsatkichlari va 6 - 7-kun blastulyatsiyasi esa o‘xshash bo‘ldi. Ushbu natijalar embrion rivojlanishi monitoring texnologiyasidan ko‘ra ko‘proq mikro-muhitning biologik va metabolik xususiyatlari bilan belgilanayotganini tasdiqlaydi. Shu bois guruhli kultivatsiya ko‘plab laboratoriya sharoitlarida afzal yondashuv sifatida qaralishi mumkin.