Tabiiy fanlar

KASALLANGAN O‘SIMLIKLARDAN AJRATILGAN MITSELIAL ZAMBURUG‘LARNING MORFOBIOLOGIK TAVSIFI VA BEGONA O‘TLARGA NISBATAN BIOGERBITSID TA’SIRI

mitselial zamburug‘lar, fitotoksik metabolitlar, biogerbitsid, rizosfera, urug‘ unuvchanligi.

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda fitotoksik metabolitlar manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan mitselial zamburug‘larni aniqlash va ularning begona
o‘t urug‘lariga nisbatan biogerbitsid faolligini baholash maqsad qilingan. Namunalar sifatida zamburug‘li kasalliklar bilan
zararlangan o‘simlik organlari hamda ularning rizosfera tuproqlari olindi. Standart mikrobiologik usullar asosida endofit, epifit va
rizosfera zamburug‘lari ajratilib, jami 16 ta izolyat qo‘lga kiritildi.
Ajratilgan izolyatlarning kultural suyuqliklari Amaranthus retroflexus va Chenopodium album urug‘lariga nisbatan sinovdan
o‘tkazildi. Natijalar izolyatlar o‘rtasida fitotoksik faollik darajasi sezilarli farqlanishini ko‘rsatdi. Eng yuqori ingibirlanish 7-
izolyatda (mos ravishda 81,0 % va 79,0 %), shuningdek 5- va 10-izolyatlarda kuzatildi.
Olingan natijalar ayrim mitselial zamburug‘ izolyatlari begona o‘tlarga qarshi samarali biogerbitsid sifatida qo‘llanishi
mumkinligini ko‘rsatadi hamda ularning selektivligi va xavfsizligini qo‘shimcha o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi.