Tabiiy fanlar

DIGIDROKVERSETIN FLAVONOIDINING MUSBAT INOTROP TA’SIRIDA Na + /Ca 2+ -ALMASHINUV VA Na+/K+- ATFAZANING ISHTIROKINI BAHOLASH

papillyar muskul, musbat inotrope, ouabain, Na + /Ca 2+ almashinuv, Na + /K + ATFaza

Mualliflar

  • Shavkat RUSTAMOV O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti katta ilmiy xodimi, PhD, Uzbekistan
  • Inoyat JUMAEV O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti katta ilmiy xodimi, DSc, Uzbekistan
  • Pulat USMANOV O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti professori, Biologiya fanlari doktori, Uzbekistan
  • Sherzod JO‘RAQULOV O‘zR FA O‘simliklar moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, DSc, Uzbekistan

Ushbu ishda digidrokversetin flavonoidi in vitro sharoitida kalamush yuragi papillyar muskuli qisqarish faolligiga ta’siri o‘rganildi.
Papillyar muskul preparatlarining qisqarish faoliyati in vitro sharoitda mexanografiya uslubida muskul qisqarish kuchini qayd
qiluvchi qurilmada SI - BAM21 - LC (World Precision Instruments Inc (WPI); AQSH) o‘rganildi. Digidrokversetin flavonoidi 10
mkM dan 60 mkM gacha musbat inotrop ta’sir ko‘rsatishi tadqiq qilindi. Ushbu flavonoidning musbat inotrop ta’sir mexanizmiga
aniqlik kiritish uchun Ca 2+ kanallarining blokatori nifedipindan(IC 50 -0,01 mkM) va Na + kanallarining blokatori lidokaindan (IC 50 -
15 mkM) foydalanildi. Digidrokversetinning papillyar muskul qisqarish faolligiga musbat inotrop ta’siri asosan Na + kanallarini
faollashtirishi orqali borishi aniqlandi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##