Tabiiy fanlar

GAMMA NURLARI TA‘SIRIDA G‘O‘ZANING AYRIM XO‘JALIK BELGILARINI O‘ZGARUVCHANLIGI

Nav, genotip, g‘o‘za genetikasi, mutagenez, gamma nurlari, unish quvvati, chigit unuvchanligi, tola chiqimi, maqbul doza, o‘zgaruvchanlik.

Mualliflar

  • Mohira ORTIQOVA O‘qituvchi Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Boboyev SAYFULLA, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent, O‘zbekiston,, Uzbekistan

Maqolada g‘o‘za navlari chigitiga turli dozada gamma nurlari ta‘sir ettirilganda chigitlarning unish quvvati va unuvchanligi qanday ta‘sir ko‘satishi tahlil qilinib, maqbul variantlar aniqlangan va maqbul (150 Gy) variantda olingan o‘simliklarda tola chiqimi belgisining o‘zgaruvchanligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Olingan ma‘lumotlar navlar kesimida nazorat va tajriba variantlari qiyosiy tahlil qilingan. G‘o‘za navlari chigitlarining unish quvvati va unuvchanligiga 300 Gy keskin salbiy ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Chigitiga gamma nurlarini ta‘sir ettirish orqali, nazorat variantiga nisbatan oʻzgargan salbiy va ijobiy koʻrsatkichlarga ega shakllarni olish mumkinligi hamda 150 Gy ta‘sir ettirilgan variantda tola chiqimi 40 % dan yuqori boʻlgan oʻsimliklarning namoyon boʻlishi aniqlangan.