Tabiiy fanlar

SUVLI RUX-ION AKKUMULYATORLARDA ANOD–ELEKTROLIT INTERFEYSI: MEXANIZM VA DEGRADATSIYA MUAMMOLARI

anod-elektrolit interfeysi, dendrit, degradatsiya, vodorod ajralishi reaksiyasi (HER), interfeys, rux anod.

Mualliflar

Suvli rux-ion akkumulyatorlar xavfsiz va iqtisodiy energiya saqlash tizimlari sifatida istiqbolli bo‘lsa-da, ularning amaliy qo‘llanilishi rux anodining interfeys barqarorligi bilan cheklanadi. Anod–elektrolit interfeysida ion transport nomuvozanati dendrit hosil bo‘lishi, vodorod ajralishi va passivatsiyaga olib keladi. Mazkur maqolada Zn²⁺ solvatsiyasi, ion fluksi taqsimoti, lokal tok
zichligi va plating/stripping kinetikasi degradatsiya mexanizmlari bilan integrallashgan holda tahlil qilinadi. Interfeysni barqarorlashtirish strategiyalari mexanizm asosida umumlashtirilib, anod barqarorligini oshirishga qaratilgan konseptual model taklif etiladi.