Tabiiy fanlar

XROMLI OSHLANGAN CHARM CHIQINDILARINI KIMYOVIY QAYTA ISHLASH

xromli teri qirindilari, dexromlash, gidrolizat, oshlangan teri, etilendiaminotetraatsetat kislota, limon kislota.

Mualliflar

  • Dilfuza ABDUSAMATOVA Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti, k.f.n, Uzbekistan
  • Sevara ALIMXANOVA Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti, Uzbekistan
  • Adham RAFIKOV Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori, k.f.d, Uzbekistan
  • Dilnoza O‘TKUROVA Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti doktoranti, Uzbekistan
  • Nargis KADIROVA Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti, PhD, Uzbekistan

Ushbu ishda xromli teri chiqindilaridan ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali usulda kollagen saqlovchi eritma olish
imkoniyati ko‘rib chiqildi. Teri qirindilari turli kislotalar yordamida xromsizlantirildi, so‘ngra ishqoriy gidroliz orqali kollagen
gidrolizati olindi. Xromni ajratib olishda eng samarali reaktiv sifatida limon kislotasi aniqlangan bo‘lsa, kollagenning ajratib
olishda eng yaxshi natijalar etilendiamintetraatsetat kislota qo‘llanilganda kuzatildi. Eritma va qirindi massasining optimal nisbati
1:(5-10) deb belgilandi; 1:(15-20) nisbatda esa mahsulotning zichligi va konsentratsiyasi keskin kamaydi. Shunday qilib, xromli
qirindilarni 9% gacha bo‘lgan konsentratsiyadagi limon kislotasi bilan xromdan tozalash va 2-3% li KOH eritmasida gidroliz qilish
kollagen saqlovchi eritma olishning eng samarali texnologik sharoitlari ekanligi aniqlandi.