Tabiiy fanlar

FE₃O₄ ASOSIDAGI ADSORBENT YORDAMIDA PB²⁺ IONLARINI SUVLI ERITMALARDAN AJRATIB OLISH: SPEKTROSKOPIK TAVSIFLASH VA IZOTERMIK TAHLILI

Fe₃O₄, Pb²⁺ ionlari, adsorbsiya, UV–Vis spektroskopiya, FTIR, izoterma modellari, Langmuir, Freundlich, Dubinin– Radushkevich, og‘ir metallarni tozalash.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda suvli eritmalardan Pb²⁺ ionlarini samarali ajratib olish maqsadida magnetit asosidagi adsorbent sintez qilindi va
uning adsorbsion xususiyatlari har tomonlama o‘rganildi. Strukturaviy va sirt funksional guruhlarini aniqlash uchun IQ tahlili
o‘tkazildi. Natijalar Fe₃O₄ yadrosining saqlanib qolganligini hamda adsorbent yuzasida –OH, –NH, C=O va –COOH kabi
funksional guruhlar mavjudligini tasdiqladi, bu esa og‘ir metall ionlari bilan o‘zaro ta’sir qilish uchun faol markazlar hosil
bo‘lishini ko‘rsatadi. Pb²⁺ ionlarining adsorbsiyasi UV–Vis spektroskopiya yordamida tahlil qilindi. Vaqt o‘tishi bilan absorbans
intensivligining muntazam kamayishi eritmadagi qo‘rg‘oshin ionlari konsentratsiyasining pasayganligini va adsorbsiya
jarayonining samarali kechganligini ko‘rsatdi. Izoterma tahlillari Langmuir, Freundlich va Dubinin–Radushkevich modellari
asosida amalga oshirildi. Natijalar adsorbsiya jarayonining asosan monomolekulyar qatlam hosil qilish mexanizmi bilan birga
sirtning qisman geterogen tabiatini ham aks ettirishini ko‘rsatdi. Energetik tahlil esa ion–sirt o‘zaro ta’sirining muhim rol o‘ynashini
tasdiqladi. Olingan natijalar magnetit asosidagi adsorbentning Pb²⁺ ionlarini suv muhitidan samarali ajratib olishda istiqbolli
material ekanligini ko‘rsatadi.