Tabiiy fanlar

YIG‘UVCHI LINZANING FOKUS MASOFASINI LABORATORIYA SHAROITIDA ANIQLASH

yig‘uvchi linza, fokus masofasi, buyum, tasvir, yupqa linza formulasi

Mualliflar

Ushbu ishda yig‘uvchi (konveks) linzaning fokus masofasini laboratoriya sharoitida aniqlashning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari batafsil bayon qilinadi. Tajriba yupqa linza modeli doirasida buyum-linza-ekran tizimida hosil bo‘ladigan haqiqiy tasvirlarni turli geometrik joylashuvlarda kuzatish va o‘lchash orqali amalga oshiriladi. Fokus masofasi buyum masofasi (a) hamda tasvir masofasi (b) ni yuqori aniqlikda o‘lchash va ularni linzaning asosiy tenglamasiga qo‘llash orqali aniqlanadi. Bundan tashqari, uzoqdagi yorug‘lik manbai yordamida parallel nurlar usulidan foydalanib fokus nuqtasini eksperimental topish imkoniyati ham ko‘rib chiqiladi, bu esa natijalarni o‘zaro solishtirish va aniqligini baholashga xizmat qiladi