Tabiiy fanlar

TERMIZ SHAHRI HUDUDIDA QUYQALANISH JARAYONIGA MOYIL GRUNT QATLAMLARNI SOLISHTIRMA ELEKTR QARSHILIK ASOSIDA BAHOLASH

grunt, VEZ, solishtirma elektr qarshilik, lyoss, quyqalanish.

Mualliflar

Mazkur maqolada VEZ (Vertikal Elektr Zondlash) geofizik usuli yordamida grunt qatlamlarining tarkibi, tuzilishi va suv bilan to‘yinganlik darajasi o‘rganilgan. Tadqiqot 7 ta nuqtada Shlumbergi elektrodlar sxemasi asosida 30–35 m chuqurlikkacha o‘tkazildi. Olingan dala ma’lumotlari IPI2Win dasturi yordamida qayta ishlanib, grunt qatlamlarining solishtirma elektr qarshilik qiymatlari aniqlandi. Natijalar tahlili asosida hududda quruq va nam lyoss qatlamlari hamda suvga to‘yingan qum qatlamlari mavjudligi aniqlandi. Ayrim nuqtalarda elektr qarshilik qiymatlarining keskin kamayishi yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqin joylashganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, ayrim zonalarda gorizontal (quyqalanish) belgilari aniqlanib, bu holat gruntlarning fizik-mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. Tadqiqot natijalari qurilish poydevorlarini loyihalashda va seysmik xavf baholashda VEZ usulining samaradorligini tasdiqlaydi.