Tabiiy fanlar

QIZILQUM YUVIB KUYDIRILGAN FOSFOKONSENTRATIDAN AZOT KISLOTASI HAMDA AMMIAK ASOSIDA AZOT–FOSFOR–KALSIYLI O‘G‘ITLAR OLISH JARAYONINI TADQIQ QILISH

yuvib kuydirilgan fosfokonsentrat, azot kislotasi, azot-kalsiy-fosfatli bo‘tqalar, ajratish, qattiq va suyuq fazalar, suyuq azot-kalsiyli o‘g‘itlar.

Mualliflar

Nazariy va texnologik tadqiqotlar asosida Qizilqum fosfokonsentratini (YuKFK) (26,2 % P₂O₅) azot kislotali qayta ishlashning asosiy bosqichlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik yechimlar ishlab chiqildi. Natijada 30,4 va 23,30 % ozuqa moddalari saqlovchi granulalangan NPCa hamda suyuq NPCa (SAKO‘) o‘g‘itlari olingan. Metodologiya. YuKFK ning azot kislotasi bilan o‘zaro ta’siridan hosil bo‘lgan azotnokalsiyfosfat (AKF) bo‘tqasini filtrlash jarayonlari amalga oshirilgan va suyuq fazalarni ammiak bilan neytrallash orqali NPCa o‘g‘itlari olingan.