Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KOREYS TILIGA INGLIZ TILIDAN SO‘Z O‘ZLASHISH TARIXI, O‘ZLASHISH SABABLARI VA YO‘LLARI

koreys tili, inglizcha o‘zlashmalar, til kontaktlari, sotsiolingvistika, globallashuv, Konglish, leksik o‘zlashish, fonetik moslashuv, ommaviy madaniyat, lingvokulturologiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada koreys tiliga ingliz tilidan so‘z o‘zlashish jarayoni tarixiy, sotsiolingvistik va lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot koreys tilshunosligida shakllangan nazariy qarashlarga tayangan holda diaxron yondashuv asosida olib borilgan bo‘lib, inglizcha o‘zlashmalar rivojlanishi uch asosiy bosqich doirasida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilining global ta’siri sharoitida koreys tilining leksik tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tushunishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.