Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SODDA GAPLARNING SINTAKTIK ANNOTATSIYASI: METODOLOGIK TAMOYILLAR VA AMALIY QIYINCHILIKLAR

Universal Dependencies, sintaktik annotatsiya, bog‘lanishlar sintaksisi, ingliz tili, o‘zbek tili, sodda gap, daraxtbank.

Mualliflar

  • Dilnoza XAMDAMOVA Qarshi davlat universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqola Universal Dependencies (UD) doirasida sodda gaplarning sintaktik annotatsiyasiga bag‘ishlangan metodologik sharh bo‘lib, ingliz va o‘zbek tillari misolida asosiy UD konvensiyalarini umumlashtiradi. Unda leksik cho‘qqini tanlash, funksional birliklarni biriktirish, case markerlari hamda koordinatsiyani belgilash qoidalari yoritiladi. Shuningdek, chegaraviy konstruksiyalarda tez-tez uchraydigan razmetka xatolari tahlil qilinadi va izchil annotatsiya uchun universal qoidalar bilan birga tilga xos yechimlarni ham oldindan hujjatlashtirish zarurligi ko‘rsatiladi. O‘zbek tilida bu postverbal komplekslar va morfologiyaga tayangan munosabatlarni belgilashga, ingliz tilida esa yordamchi fe’llar zanjiri hamda ikkilamchi predikatsiyaga taalluqlidir.