Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA IQTISODIY ANGLITSIZMLARNING SEMANTIK TAVSIFI

iqtisodiy anglitizm, termin semantikasi, semantik torayish, semantik kengayish, konnotatsiya, variantlashuv, diskurslararo tahlil.

Mualliflar

Mazkur maqolada rus va o‘zbek tillarida qo‘llanayotgan iqtisodiy anglitizmlarning semantik xususiyatlari chog‘ishtirma yo‘sinda yoritiladi. Tadqiqotda terminlarning professional matndagi ma’no barqarorligi hamda ommabop OAV va kundalik nutqda yuzaga keladigan semantik siljishlari tahlil qilinadi. “Marketing”, “startap”, “risk”, “e-commerce” kabi birliklar misolida ma’no torayishi, ma’no kengayishi, konnotativ baholash va variantlashuv holatlari aniqlashtirildi. Natijalar termin izchilligi, tarjima amaliyoti va leksikografik tavsif uchun amaliy xulosalar beradi.