Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SPORT MUASSASALARINI BOSHQARISHDA ZAMONAVIY MENEJMENT USULLARINING SAMARADORLIGI

Sport menejmenti, samaradorlik, strategik rejalashtirish, raqamlashtirish, KPI tizimi, sport marketingi, tashkiliy tuzilma, inson kapitali.

Mualliflar

Ushbu maqolada sport muassasalarini boshqarishda qoʻllanilayotgan zamonaviy menejment usullari, ularning samaradorligi va
Oʻzbekiston sharoitida joriy etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida strategik rejalashtirish, KPI (samaradorlikning
muhim koʻrsatkichlari) tizimi, raqamli texnologiyalar (CRM - Customer Relationship Management - Mijozlar bilan munosabatlarni
boshqarish, ERP - Enterprise Resource Planning – Korxona resurslarini rejalashtirish) va sifatni boshqarish (TQM - Total Quality
Management - Sifatni yalpi (umumiy) boshqarish) kabi vositalarning sport tashkilotlari faoliyatiga taʼsiri oʻrganilgan. Maqolada
anʼanaviy boshqaruv usullaridan moslashuvchan (Agile) boshqaruv tizimiga oʻtishning iqtisodiy va ijtimoiy natijalari qiyosiy tahlil
qilingan. Tahlil natijalariga koʻra, zamonaviy menejment usullarini qoʻllash sport muassasalarining moliyaviy barqarorligini
oshirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va inson resurslarini samarali boshqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi
asoslangan.