Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI TAʻLIM MUHITIDA INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMALARINI METAKOGNITIV STRATEGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

metakognitiv strategiyalar, tinglab tushunish, raqamli taʻlim muhiti, chet tili taʻlimi, oʻz-oʻzini boshqarish, 7–8-sinf, metakognitiv xabardorlik, raqamli pedagogika.

Mualliflar

  • Nozimaxon NISHANBAYEVA Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Tinglab tushunish – chet tilini oʻrganishda eng koʻp kognitiv kuch talab qiladigan koʻnikma. Ayni paytda, u metodika jihatidan
eng kam tizimli oʻrgatiladigan koʻnikma hamdir. Ushbu maqolada raqamli taʻlim muhitida 7-8-sinf oʻquvchilarida ingliz tilida
tinglab tushunish koʻnikmalarini metakognitiv strategiyalar orqali rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Scopus,
Web of Science va ERIC maʻlumotlar bazalarida tizimli adabiyotlar tahlili oʻtkazildi. Natijalar uchta oʻzaro bogʻliq nazariy tayanch
psixolingvistik qayta ishlash, metakognitiv tartibga solish va raqamli pedagogik imkoniyatlarni aniqladi. Ularning integratsiyasi
strategiyalarga asoslangan tinglab tushunish taʻlimi uchun mustahkam nazariy asos yaratadi. Taklif etilgan framework
Oʻzbekistondagi taʻlim islohotlari kontekstida bevosita qoʻllanilishi mumkin.