Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA STEAM TEXNOLOGIYALARINING INTEGRATIV IMKONIYATLARI

STEAM texnologiyalari, kasbiy kompetentlik, biologiya ta’limi, fanlararo integratsiya, loyihaviy-ta’lim, innovatsion yondashuv

Mualliflar

Mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda STEAM (Science, Technology,
Engineering, Art, Mathematics) texnologiyalarining integrativ imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda fanlararo integratsiya,
loyihaviy-ta’lim, muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish hamda raqamli ta’lim vositalarining kasbiy kompetensiyani
rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. STEAM yondashuvi biologiya fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan
uyg‘unlashtirish, kreativ fikrlash, tadqiqotchilik va innovatsion kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik, metodik va refleksiv kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida biologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat
qiladi