Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YETUKLIK DAVRINING BIRINCHI BOSQICHIDA EKZISTENSIAL INQIROZLAR DINAMIKASI

yetuklik, davrlashtirish muammosi, voyaga yetganlik, oʻrta yosh, identiklik inqirozi, chorak umr inqirozi, ekzistensial inqiroz, ekzistensial vakuum, latent faza, inqirozning “avj nuqtasi”.

Mualliflar

Mazkur maqolada yetuklik bosqichi davrlashtirish murakkab boʻlgan va ekzistensial tajribalarga toʻla deb tavsiflanadigan
hayotning maxsus davri sifatida tahlil qilinadi, yetuklikning yosh chegaralari, inqirozning “avj nuqtalari” va chorak umr inqirozi
fenomeni asosiy yondashuvlar asosida koʻrib chiqiladi. Bu maqolada ilgari berilmagan manbalar asosida chorak umr inqirozining
asosiy belgilari, tiplari va fazalari yoritib berildi. Shuningdek, maqolada ekzistensial inqirozlarning yosh inqirozlari bilan oʻzaro
nisbatini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan empirik tadqiqotlarni ekzistensial inqirozlar dinamikasining asosiy fazalari bilan
aloqadorligi tahlil etildi. Inqiroz dinamikasining umumlashtirilgan modeli, uning rivojlanishi jarayonidagi ketma-ket bosqichlari
taklif etiladi hamda uning natijalarini aniqlashda psixologik barqarorlikning oʻrni taʻkidlanadi. Ekzistensial inqirozlarning ikki
tomonlama tabiati toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.