Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHARQ TILSHUNOSLIGIDA TERMINOLOGIYA VA METODOLOGIYA: AN’ANA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

sharq tilshunosligi, terminologiya, metodologiya, Panini, Sibavayh, Mahmud Koshg‘ariy, arab tilshunosligi, xitoy filologiyasi, korpus lingvistikasi, raqamli annotatsiya.

Mualliflar

  • Xosiyatbonu MAXSUDOVA Andijon davlat chet tillari institute ingliz tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada sharq tilshunosligida terminologiya va metodologiya masalalari tarixiy va zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil
qilinadi. Maqolada terminologiya muayyan fan doirasidagi terminlar tizimi, metodologiya esa ilmiy tadqiqotning nazariy poydevori
sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda hind, xitoy, arab va turkiy tilshunoslik an’analari misolida sharq ilmiy tafakkurida tilni
tavsiflash, tasniflash va nomlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Paniniy grammatikasi, arab tilshunosligidagi Sibavayh va al-Xalil
an’anasi, Mahmud Koshg‘ariyning qiyosiy-lug‘aviy tajribasi hamda zamonaviy korpus va raqamli annotatsiya metodlari sharq
tilshunosligi metodologiyasining uzviy bosqichlari sifatida baholanadi. Maqolada, shuningdek, zamonaviy sharqshunoslik uchun
terminlarni standartlashtirish, ko‘p tilli glossariylar yaratish, matnlarni korpus asosida tekshirish va tarixiy manbalarni
raqamlashtirish zarurati asoslab beriladi.