Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAS’ULIYATLILIK: PEDAGOG KASBIY KAMOLOTINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILI

mas’uliyatlilik, kasbiy kamolot, ijtimoiy-psixologik omil, pedagog shaxsi, sub’ektiv nazorat, kasbiy samaradorlik

Mualliflar

Mazkur maqolada pedagog kasbiy faoliyatida mas’uliyatlilikning ijtimoiy-psixologik mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda kasbiy samaradorlikka ta’siri empirik tadqiqot asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda O.V. Muxlininaning “Javobgarlikning ko‘p o‘lchovli funksional diagnostikasi” so‘rovnomasi hamda Dj. Rotterning “Sub’ektiv lokus nazorati” shkalasining modifikatsiyalashtirilgan varianti qo‘llanildi. Olingan natijalar pedagoglarda mas’uliyatlilikning dinamik, motivatsion, kognitiv va regulyativ komponentlari kasbiy samaradorlik bilan o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Jins va ta’lim muassasasi turiga ko‘ra ayrim statistik ahamiyatli farqlar aniqlandi.