Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KELAJAK PEDAGOGLARINI TAYYORLASHDA FUNDIRLASH KONSEPSIYASINING AMALIYOTI

fundirlash konsepsiyasi, kelajak pedagoglari, kasbiy kompetensiya, mahorat, ta’lim jarayoni, dars, pedagogik texnologiyalar, oliy ta’lim, amaliyot, metodika, ta’lim.

Mualliflar

  • Umar G‘OYIMOV Shahrisabz davlat pedagogika instituti dotsenti v.b., PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada biz kelajak pedagoglarini tayyorlash jarayonida fundirlash konsepsiyasining amaliy ahamiyati tahlil qildik.
Fundirlash yondashuvi ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va o‘qitish mazmunini tizimli loyihalash hamda innovatsion
metodlardan samarali foydalanishni kabilarni nazarda tutadi. Ushbu konsepsiya bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlashini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda asosiy
o‘rinni egallaydi. Tadqiqotda davomida fundirlashning pedagogik jarayondagi funksiyalari va uning ta’lim sifatini oshirishdagi
roli hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unligi yoritib berildi. Shuningdek, ushbu konsepsiyani oliy ta’lim
muassasalarida qo‘llash mexanizmlari hamda uning samaradorligini ta’minlash kabi omillari ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, fundirlash
asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni kelajak pedagoglarining kasbiy tayyorgarligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi
hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritildi.