Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TILSHUNOSLIKDA KOLLOKVIAL VA SUBKOLLOKVIAL FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR NAZARIYASI

kollokvial, subkollokvial, frazeologizm, og‘zaki nutq, stilistik qatlam, ekspressivlik, me’yor, baholovchanlik

Mualliflar

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda kollokvial va subkollokvial frazeologik birliklar nazariyasining asosiy konseptual va
metodologik masalalari yoritiladi. Tadqiqot doirasida frazeologik birliklarning og‘zaki nutqdagi funksional roli, ularning ekspressivbaholovchan salohiyati, stilistik qatlamlanish jarayonidagi o‘rni hamda substandart birliklarning adabiy til me’yori bilan o‘zaro munosabati
tahlil qilinadi. Kollokvial va subkollokvial frazeologizmlarning ijtimoiy-kommunikativ sharoitlarda shakllanishi, nutqiy ta’sirchanlikni
kuchaytirishdagi ahamiyati hamda pragmatik yuklamasi ochib beriladi. Shuningdek, mazkur birliklarni ajratish va tasniflash mezonlari,
ularni o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy lingvistik yondashuvlar (funksional-stilistik, pragmatik, antropotsentrik) umumlashtiriladi.
Tadqiqot natijalari frazeologiyaning substandart qatlamini tizimli o‘rganish zarurligini asoslaydi