Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK SHIFOKORLARDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAMDA TRAVMATOLOGIK HOLATLARNI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA ERTA TRIAJ QILISH VA KLINIK QAROR QABUL QILISH KOMPETENSIYASINI BAHOLASHNING MEZON VA KO‘RSATGICHLARINI ISHLAB CHIQISH

Sun’iy intellekt, erta triaj, klinik qaror qabul qilish, travmatologiya, shoshilinch tibbiy yordam, kompetensiya, OSCE, simulyatsiya, tibbiy ta’lim, raqamli texnologiyalar.

Mualliflar

Mazkur tadqiqot bo‘lajak shifokorlarda shoshilinch tibbiy yordam jarayonida travmatologik holatlarni sun’iy intellekt asosida erta triaj
qilish va klinik qaror qabul qilish kompetensiyalarini baholash mezon hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotning
nazariy asosi kompetensiyaviy yondashuv, klinik fikrlash nazariyasi hamda raqamli tibbiy ta’lim paradigmasiga tayanadi. Metodologik
jihatdan AI-simulyatsiya, virtual bemor texnologiyalari, OSCE baholash modeli va case-based learning integratsiyasi qo‘llanildi. Natijalar
sun’iy intellekt asosida tashkil etilgan triaj tizimlari talabalarning klinik qaror qabul qilish tezligi, aniqligi va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli
darajada oshirishini ko‘rsatdi.