Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK SHIFOKORLARGA RAQAMLI TA’LIM MUXITIDA ANATOMIYA FANINI O‘QITISHNINIG ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI

anatomiya ta’limi, raqamli texnologiyalar, 3D vizualizatsiya, simulyatsiya, TPACK modeli, klinik fikrlash.

Mualliflar

Mazkur maqolada bo‘lajak shifokorlarga anatomiya fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, ularning
pedagogik asoslari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot kompetensiyaviy yondashuv, konstruktivistik pedagogika hamda TPACK
modeli asosida olib borildi. Anatomiya fanini o‘qitishda 3D vizualizatsiya, virtual disseksiya, simulyatsion treninglar va sun’iy intellektga
asoslangan adaptiv platformalarning didaktik imkoniyatlari o‘rganildi. Metodika bosqichma-bosqich tashkil etilib, talabalarni faol o‘quv
subyekti sifatida jalb qilish, fazoviy tafakkurni rivojlantirish va nazariy bilimlarni klinik amaliyot bilan integratsiya qilishga yo‘naltirildi.
Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari va klinik fikrlash
kompetensiyalari sezilarli darajada oshganligini (23–26%) ko‘rsatdi