Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK SHIFOKORLARDA KLINIK-PROFILAKTIK FIKRLASH VA EPIDEMIOLOGIK XAVFLARNI BOSHQARISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI

klinik fikrlash, epidemiologik xavf, profilaktika, pedagogik model, simulyatsiya, raqamli ta’lim.

Mualliflar

Mazkur tadqiqotning maqsadi – bo‘lajak shifokorlarda klinik-profilaktik fikrlash hamda epidemiologik xavflarni boshqarish
kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelni ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotda
integrativ yondashuv, simulyatsion ta’lim, PBL (Problem-Based Learning), hamda raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodlari
qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, eksperimental guruhda klinik fikrlash 27%, epidemiologik tahlil ko‘nikmalari 31%, profilaktik qaror qabul
qilish darajasi 29% ga oshgani aniqlandi. Taklif etilgan model tibbiy ta’limda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvni samarali amalga
oshirish imkonini beradi