Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY XONANDALARNING MAQOM IJROSIDA AN’ANADAN CHEKINISH MUAMMOLARI

Maqom xonandaligi, an’anaviy ijrochilik, zamonaviy ijro, aruz vazni, usul, ohang rivoji, ijrochilik madaniyati, maqom san’ati.

Mualliflar

  • Nodira PIRMATOVA Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti, O‘zbekiston, Toshkent, Uzbekistan

Mazkur maqolada maqom xonandaligi an’anaviy ijrochilik tamoyillaridan zamonaviy sharoitda chekinish muammosi ilmiy-nazariy va
amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqom san’atining tarixan og‘zaki-an’anaviy asosda shakllangan murakkab ijrochilik tizimi sifatida o‘ziga
xos xususiyatlari yoritilib, zamonaviy sahna talablari va ommaviy madaniyat ta’sirida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi.
Xususan, she’riy matnning aruz vazniga mos talaffuz qilinmasligi, usul va ohang rivojining qisqartirilishi, kuylarning soddalashtirilishi
hamda an’anaviy bezak elementlarining yo‘qolib borishi kabi holatlar ilmiy muammo sifatida asoslanadi