Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TALABA-PSIXOLOGLARDA TURLI PSIXOEMOTSIONAL HOLATLARDA PSIXOLOGIK TARTIBGA SOLISH SHAKLI SIFATIDAGI ISHONUVLAR

e’tiqodiy ishonchlar, xurofot, o‘quv-kasbiy faoliyat, psixologik tartibga solish, psixoemotsional holat.

Mualliflar

  • Temur XABIYEV M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali dotsenti v.b., PhD, Uzbekistan

Talabalarning o‘quv-kasbiy faoliyati doimiy nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik va mustaqil
ishlarni yozish bilan bog‘liq yuqori psixoemotsional yuklanish bilan izohlanadi. Bu sharoitda talabalarning emotsional holatini psixologik
tartibga solish shakli sifatida e’tiqodiy ishonchlar namoyon bo‘lish xavfi yuzaga keladi. Ko‘rsatilganidek, talabalarda o‘quv faoliyatida
o‘rtacha darajada e’tiqodiy ishonchlar kuzatiladi, ular esa xotirjamlik hissi, murakkab vaziyatlarda ma’no izlash, qiziqishni qondirish,
ijtimoiy aloqalarni saqlash va voqealarni nazorat qilishga yordam beradi.