Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINF CHAPAQAY O‘QUVCHILARIGA NEYROPEDAGOGIK YONDASHUVGA ASOSLANGAN RAQAMLI YORDAM PLATFORMASINI YARATISH TAJRIBASI

chapaqaylik, neyropedagogika, raqamli platform, boshlang‘ich ta’lim, O‘zbekiston, sun'iy intellect, Edinburgh qo‘l dominantligi inventari, SUS baholash, o‘qituvchi kuzatuv kundaligi, laterallik.

Mualliflar

Chapaqaylik dunyo aholisining taxminan 10-12 foiziga ta’sir ko‘rsatadi va o‘ng qo‘llilarga mo‘ljallangan ta’lim tizimlarida
o‘ziga xos pedagogik qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘zbekistonda ushbu tadbirdan oldin bu toifa o‘quvchilar uchun maxsus
neyropedagogik raqamli resurs mavjud emas edi. Maqolada 1-4-sinf chapaqay o‘quvchilari uchun ko‘p tilli neyropedagogik
raqamli platforma (v6.0) ni yaratish tajribasi tavsiflanadi. Platforma dasturiy ta’minot mualliflik huquqi sertifikatini (DGU, 2026)
olgan.