Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK YILLARIDA NAVOIY VILOYATI BOSMA NASHRLARINI TARIXIY MANBA SIFATIDA O‘RGANISH: IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY JARAYONLAR MISOLIDA

bosma ommaviy axborot vositalari, hududiy matbuot, tarixiy manba, kontent-analiz, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, madaniy jarayonlar, matbuot evolyutsiyasi, Navoiy viloyati.

Mualliflar

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Navoiy viloyati bosma nashrlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning aks etishi
tarixiy manba sifatida kontent-analiz asosida o‘rganildi. Tadqiqotda “Do‘stlik bayrog‘i”, “Знамя дружбы”, “Qiziltepa tongi”,
“Karmana ovozi” va “Xatirchi hayoti” gazetalarining materiallari tahlil qilindi.
Natijalar hududiy matbuot mazmunida uch bosqich – transformatsion tushuntiruv, institutsional barqarorlik va tanqidiy faollik
davrlarini aniqladi. Tadqiqot hududiy bosma nashrlarning mustaqillik davri tarixini o‘rganishda muhim yozma manba ekanligini
ko‘rsatadi.