Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FIZIKA TA’LIMIDA FAOLIYATLI YONDASHUVNING METODOLOGIK ASOSLARI VA TAHLILI

faoliyatli yondashuv, fizika ta’limi, biluv usullari, subyekt rivojlanishi, motivatsiya, muammoli ta’lim, harakat, operatsiya.

Mualliflar

Ushbu maqolada fizika va tabiiy fanlarni o‘qitishda faoliyatli yondashuvning pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilingan.
Tadqiqotda ta’lim oluvchi subyektning rivojlanishida biluv usullarini o‘zlashtirish ustuvor vazifa ekanligi asoslab berilgan.
Muallif faoliyat nazariyasining klassik vakillari (A.N.Leontyev, V.V.Davidov va b.q.) qarashlariga tayanib, faoliyatning
funksional, tizimli-strukturaviy va operatsion jihatlarini yoritadi. Maqolada muammoli-faoliyatli yondashuvning o‘quvchilar
biluv motivatsiyasini shakllantirishdagi ahamiyati hamda hamkorlikdagi muloqotning ijtimoiy tajriba egallashdagi o‘rni ochib
berilgan. Xulosada fizikani o‘qitish modelini takomillashtirishda faoliyatni muammolashtirish va uni ko‘p qirrali tizim sifatida
tashkil etish zaruriyati ta’kidlanadi.